O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari kreditlarni maqsadli ishlatilishi yuzasidan deputatlik nazorati olib boradi

29.11.2018, 17:41

O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari kreditlarni maqsadli ishlatilishi yuzasidan deputatlik nazorati olib boradi

Bu haqda Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Yig‘ilishda tuman hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Farrux Bafoyevning hisoboti eshitildi.

Hisobotda ta’kidlanganidek, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida tumandagi tijorat banklari tomonidan 65 nafar fuqaroga 1 275,0 mln. so‘m miqdorda kredit mablag‘lari ajratilgan. TIF Milliy bank Uchquduq filiali tomonidan shu  yilning 25 noyabr holatiga ko‘ra, 52 nafar fuqaroga 1 048,0 mln.so‘m miqdorda kredit ajratilgan.

–Shuningdek, ATB “Mikrokreditbank” tuman filiali tomonidan joriy yilning shu holatiga ko‘ra, 13 nafar fuqaroga 227,0 mln.so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratilgan, – deydi Farrux Bafoyev. –Kredit ajratilgan fuqarolarning 15 foiz qismi ovullarda istiqomat qiluvchi fuqarolar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Ya’ni, 10 nafar fuqaroga o‘z tadbirkorligini boshlashi uchun kredit mablag‘lari ajratilgan.

Yig‘ilishda shuningdek, tuman bandlikka kumaklashish markazi direktori hamda tumanda faoliyat olib borayotgan bank rahbarlarining  axboroti ham tinglandi.  

Yig‘ilish so‘ngida barcha deputatlarga fuqarolarga ajratilgan kreditlarning maqsadli ishlatilishi yuzasidan ta’sirchan jamoatchilik va deputatlik nazorati olib borish vazifasi yuklatildi.

                                                                        R.GAFFAROV,

Xalq deputatlari Uchquduq

tuman kengashidagi O‘zLiDeP

deputatlik guruhi rahbari

  • Ko'rildi
    410
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+