O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” 80 nafarga yaqin xotin-qizni bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi

29.11.2018, 17:44

O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” 80 nafarga yaqin xotin-qizni bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi

O‘zLiDeP Kitob tuman Kengashi “Sog‘lom oila – mustahkam oila” loyihasi doirasida “Sog‘ligimiz – boyligimiz”  mavzuida bepul tibbiy ko‘rik tashkil etdi.

Tadbirda stomotolog, ginekolog, terapevt va boshqa malakali shifokorlar tomonidan yangi turmush qurayotgan yosh oilalarga o‘z vaqtida tibbiy ko‘rikdan o‘tish, erta turmushni oldini olish, qarindosh urug‘ o‘rtasidagi nikohning salbiy oqibatlari, oilalarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Qayd etilganidek, bugungi kunda tumanda 254 ming 100 nafar aholi bo‘lib, shundan 64 ming 320 nafarini tug‘ish yoshidagi xotin-qizlar  tashkil etadi. Shu boisdan, tibbiyot xodimlari va partiya tuman Kengashi hamkorligida aholi o‘rtasida doimiy ravishda bepul tibbiy ko‘riklar tashkil etib kelinmoqda.

–Nikohdan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tmaslik natijasida yosh kelinchakda homiladorlikni asoratli kechishi ko‘p kuzatiladi, – deydi tuman tibbiyot birlashmasi shifokori M.Sanaqulova. – Kamqonlik homila tushushi xavfi, surunkali kasalliklarning avj olishi, vaqtidan oldin tug‘ruq ayolni nogironlikka yoki nobud bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Chaqaloqning tug‘ma nuqsonlar bilan dunyoga kelishi ko‘pincha erta homiladorlik oqibatida ro‘y beradi. Shu bois, ko‘rik davomida 32 nafar yosh kelin-kuyov va tug‘ish yoshidagi 46 nafar xotin-qizni bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib, zarur maslahatlar berdik.  

Ko‘rik yakunida kamqonlik kasalligi aniqlangan 3 nafar xotin-qizga bepul davolanish uchun yo‘llanma berildi.

O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat

 Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    1317
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+