Ishtixonlik yoshlarning siyosiy savodxonligi oshirildi

30.11.2018, 15:41

Ishtixonlik yoshlarning siyosiy savodxonligi oshirildi

O‘zLiDeP  Ishtixon tuman Kengashi Bahrin qishloq xo‘jaligi kasb-hunar kollejida  “Yuksak huquqiy demokratik davlat – farovon jamiyat asosidir” mavzuida davra suhbati tashkil etdi.

Unda partiya tuman Kengashi xodimlari, partiya “Yoshlar qanoti” faollari, O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

–Mazkur tadbirdan ko‘zlangan maqsad – yoshlarni mamlakatimizda huquqiy-demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etilishi jarayoniga keng jalb qilishdan iborat, – deydi O‘zLiDeP Ishtixon tuman Kengashi apparat rahbari Olimjon Toshmatov. – Boisi, yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlaydigan, mamlakatimiz istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir bo‘lgan yoshlargina mamlakatni ertangi taqdirini hal qila oladi. Shu bois, qat’iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarash va chuqur bilimlarga ega yoshlarni tarbiyalashga alohida e’tibor qaratyapmiz.

Tadbir yakunida uyushmagan yoshlarning hayotda o‘z o‘rnini topishi uchun munosib sharoit yaratish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, kasbga yo‘naltirish va bandligini ta’minlash bo‘yicha muhim vazifalar belgilab olindi.

O‘zLiDeP  Samarqand viloyat

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    907
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+