Bosh qomusimiz – baxtimiz kafolati

30.11.2018, 16:59

Bosh qomusimiz – baxtimiz kafolati

 O‘zLiDeP Nurobod tuman Kengashi tuman hokimligi bilan hamkorlikda “Konstitutsiya – demokratik huquqiy davlat qurish kafolatidir” mavzusida davra suhbati tashkil etdi.

Unda O‘zLiDeP Nurobod tuman Kengashi raisi O.Butayev, tuman hokimi F.Zairov shuningdek, prokuratura, IIB xodimlari hamda keng jamoatchilik vakillari qatnashdi.

Tadbirda mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti va madaniy, ma’naviy-ma’rifiy yuksalishining qonuniy asosi, inson huquq va erkinliklarining ishonchli kafolati bo‘lgan Konstitutsiyamizni chuqur o‘rganish va uning ustuvorligini ta’minlash taraqqiyotimiz kafolati ekani ta’kidlandi.

– Istiqlol suveren, demokratik, adolatli va huquqiy davlat hamda erkin fuqarolik jamiyati barpo etishdek ustuvor maqsadimizni ro‘yobga chiqarishga imkon berdi, – deydi tuman hokimi Faxriddin Zairov. – Chunki mamlakatimizda olib borilayotgan tub demokratik o‘zgarishlarning huquqiy kafolatlari Konstitutsiya va milliy qonunchilikda mustahkamlab qo‘yilgan. Bunda amaldagi qonun hujjatlariga xalqaro huquqning umume’tirof etilgan norma va prinsiplari muhim omil bo‘lmoqda.

Tadbirda oxirgi ikki yil davomida ayrim qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar davlatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini ta’minlashda muhim omil bo‘layotgani ta’kildandi.

     S.RASULOV,

 Xalq deputatlari Nurobod

tuman Kengashidagi

O‘zLiDeP deputatlik

guruhi ijrochi kotibi

  • Ko'rildi
    1925
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Холмурод Сориев, Халқ депутатлари Нуробод туман Кенгашидаги O'zLiDeP депутатлик гуруҳи раҳбари2018-12-07 19:19:40

Мамлакатимизнинг асосий қонуни-Конституциямизни чуқур ўрганиш, унда белгилаб қўйилган асосий қоида ва нормаларни таҳлил эта билиш, уларга тўлиқ ва сўзсиз амал қилиш, бу қоида ва нормаларнинг жамиятда амалга ошишида кўмаклашиш-ҳар бир инсоннинг фуқаровий бурчидир.


Fikringizni qoldiring

+