O‘zLiDeP deputati Xorazmdagi “Ayollar ijtimoiy moslashuv markazi” rahbari bo‘ldi

30.11.2018, 17:26

O‘zLiDeP deputati Xorazmdagi “Ayollar ijtimoiy moslashuv markazi” rahbari bo‘ldi

Xorazmda xotin-qizlarni og‘ir ruhiy, ijtimoiy tanglikdan olib chiqish, murakkab vaziyatga tushib qolgan ayollarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Ayollar ijtimoiy moslashuv markazi” tashkil etildi.

Unda Bosh vazir o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norboyeva, viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Gulsara Axmedovna, O‘zLiDeP viloyat Kengashi ayollar bilan ishlash bo‘limi mudiri Musharraf Rahimova hamda mahalla fuqarolar yig‘ini maslahatchilari ishtirok etdi.

– Mazkur markaz Prezidentimizning joriy yil 2 iyuldagi “Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish markazi tashkil etish to‘g‘risida”gi Qaroriga asosan tashkil etildi, – deydi markaz rahbari, O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Nigora Qo‘shchanova. – Markazda og‘ir turmush sharoitiga tushib qolgan, ruhiy tushkun holatdagi xotin-qizlarga har tomonlama ijtimoiy-psixologik yordam ko‘rsatish ishlari amalga oshiriladi.

Ta’kidlash kerak, O‘zLiDeP deputati rahbarlik qilayotgan mazkur markaz barcha zarur jihozlar bilan to‘liq ta’minlangan. Ayollar va bolalar uchun alohida xonalar, oshxona va yuvinish xonalari tashrif buyuruvchilar xizmatiga shay.

Musharraf  RAXIMOVA,

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi

 ayollar bilan ishlash bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    1223
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Sabohat2021-12-07 17:15:52

Salom Gulsara Axmedovna menga xam maslaxat bering iltimos


Fikringizni qoldiring

+