“O‘zLiDeP tadbirida NNT faoliyatini yuritishning huquqiy asoslari yuzasidan tushunchalarga ega bo‘ldim”, deyishmoqda yangiqo‘rg‘onlik tadbirkorlar

30.11.2018, 17:31

“O‘zLiDeP tadbirida NNT faoliyatini yuritishning  huquqiy asoslari yuzasidan tushunchalarga ega bo‘ldim”, deyishmoqda yangiqo‘rg‘onlik tadbirkorlar

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi  O‘zbekiston Respublikasi  Qonuni ijrosini ta’minlashda davlat organlari, NNTlarning o‘rni va faoliyati” mavzusida seminar tashkil etdi.

Seminarda hududdagi nodavlat notijorat tashkilotlari  vakillari va tadbirkorlarga yuqoridagi qonun ijrosini ta’minlashda  NNTning o‘rni  va ularning jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda davlat tashkilotlari bilan sherikchilik aloqalari haqida atroflicha tushunchalar berildi.

– Seminarda qonunlar ijrosida partiyamizning targ‘ibotchilik  o‘rni haqida batafsil ma’lumot berildi, – deydi  Zulxumor Axmadjonova. – Shuning barobarida tadbir tashkilotchilaridan o‘zimizga kerakli maslahatlarni ham oldik. Masalan, men tadbirkor sifatida hududda xususiy maktabgacha ta’lim muassasasi tashkil etish niyatidaman. Seminarda nodavlat ta’lim muassasasi faoliyatini yuritishning  huquqiy asoslari yuzasidan tushunchalarga ega bo‘ldim.

Seminar yakunida tumanda jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda NNTlar bilan davlat tashkilotlarining hamkorligini mustahkamlash va mazkur qonun ijrosini ta’minlash yuzasidan dolzarb  vazifalar belgilab olindi.

Rustam MIRAZIMOV,

O‘zLiDeP Yangiqo‘rg‘on tuman

Kengash apparat rahbari

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
STM
  • Ko'rildi
    408
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+