Oʻn bir oy yakuni: Jizzaxda qanday ishlar amalga oshirildi?

03.12.2018, 14:43

Oʻn bir oy yakuni: Jizzaxda qanday ishlar amalga oshirildi?
Jizzax viloyatida “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida joriy yilning 11 oyi yakuniga koʻra, 1 ming 570 nafar fuqaroga chorvachilik, parrandachilik, tikuvchilik, issiqxona tashkil etish, maishiy xizmat koʻrsatish, va tadbirkorlik yoʻnalishlari boʻyicha jami 38,5 milliard soʻm miqdorida imtiyozli kreditlar ajratib berilgan.
 
Bu haqda Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashidagi Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi deputatlik guruhining navbatdagi yigʻilishida maʼlumot berildi.
 
Yigʻilishda “ Oʻztransgaz” AJ Jizzax viloyat boʻyicha gaz taʼminoti hududiy filiali, “Jizzax hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ, Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi hamda hududdagi bir qator tijorat banklari masʼullarining hisobotlari eshitildi.
 
Yangiobod tumani boʻyicha jami 5 ming 517 ta isteʼmolchi mavjudligi aniqlanib, tumandagi mavjud transformator punktlari toʻliq joriy taʼminlandi. “Jizzax hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” binosiga server xonalarini jihozlash qurilmalari oʻrnatildi. 2019 yilda Jizzax shahridagi aholi isteʼmolchilari xonadonlariga 35 ming dona, viloyat boʻyicha aholi isteʼmolchilari xonadonlariga jami 160 ming dona zamonaviy elektron elektr hisoblagich uskunalari oʻrnatilishi rejalashtirilgan.
 
“Oʻztransgaz” AJ Jizzax viloyat boʻyicha gaz taʼminoti hududiy filiali boshligʻi Baxtiyor Obruyev oʻz hisobotida tumanlarni ajratish chegaralariga 38 dona, yirik hududlarni ajratish boʻyicha esa 106 dona elektron gaz hisoblash uskunalari hamda viloyat boʻyicha yirik ulgurji isteʼmolchilarga 178 dona blok korreksiyalik (bosim va haroratni hisobga oluvchi) gaz hisoblash uskunalari oʻrnatilganini taʼkidlab oʻtdi. Ayni paytda viloyatdagi gazlashtirilgan aholi xonadonlariga oʻrnatish uchun jami 138 ming 24 dona zamonaviy elektron gaz hisoblash uskunalariga buyurtmalar berilgan.
 
Viloyatda “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi boʻyicha qilinayotgan ishlar, ajratilayotgan kreditlar va yaratilayotgan ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi raisi oʻrinbosari Baxtiyor Ibodovning hisoboti tinglandi. Viloyatidagi 290 mahallada ishchi guruh tomonidan 212 ming 980 xonadonlarga kirib, 338 ming 355 nafar yoshlarning toʻliq roʻyxati shakllantirilgan. Jumladan, oʻrganish jarayonida tadbirkorlik bilan shugʻullanish uchun 22 ming 900 nafardan ortiq yosh 537 milliard 49 million soʻm kredit olish istagini bildirgan. Davlat dasturi doirasida yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish va ularning ish bilan bandligini taʼminlash maqsadida viloyat boʻyicha jami 195 ta loyihaga 19 milliard 668 million soʻmdan ortiq kredit mablagʻlari ajratilgan. Natijada 1 ming 160 dan ortiq yangi ish oʻrinlari yaratilgan. Viloyatning barcha tuman-shaharlarida “Yoshlar mehnat guzari” qurilishi rejalashtirilgan boʻlib, bu orqali viloyat boʻyicha jami 158 yangi ish oʻrinlari yaratilishi rejalashtirilmoqda.
 
Deputatlik eshituvi davomida “Har bir oila – tadbirkor” dasturi, “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi boʻyicha ajratilayotgan kreditlar va yaratilayotgan ish oʻrinlari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Jizzax viloyati bosh boshqarmasi hamda viloyatdagi qator tijorat banklari masʼullarining hisobotlari ham tinglandi.
 
Har ikkala dasturlarni amalga oshirish doirasida viloyat aholisi uchun 101,2 milliard soʻm mablagʻ taqsimlangan. Bugungi kunda 59,8 milliard soʻmlik resurs mablagʻlari tijorat banklariga kelib tushgan. Ushbu mablagʻlar hisobidan “Har bir oila –tadbirkor” dasturi doirasida joriy yilning 11 oyi yakuniga koʻra, 1 ming 570 nafar fuqaroga chorvachilik, parrandachilik, tikuvchilik, issiqxona tashkil etish, maishiy xizmat koʻrsatish, va tadbirkorlik yoʻnalishlari boʻyicha jami 38,5 milliard soʻm miqdorida imtiyozli kreditlar ajratib berilgan.
 
Yigʻilishda Xalq deputatlari viloyat Kengashidagi partiya deputatlik guruhi aʼzolari eshitilgan hisobot yuzasidan oʻz fikr-mulohazalari, taklif va tavsiyalarini bildirdilar.
  • Ko'rildi
    1526
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+