Pastdarg‘omlik maslakdoshlarimiz soni 50 nafarga ko‘paydi

03.12.2018, 16:12

Pastdarg‘omlik maslakdoshlarimiz soni 50 nafarga ko‘paydi

O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi Pastdarg‘om tuman fermer, dehqon xo‘jaligi va tomorqa yer egalari Kengashida fermerlar bilan amaliy uchrashuv tashkil etdi.

Tadbirda ishtirokchilarga O‘zLiDePning dasturiy maqsad va vazifalari, partiyaning tashkiliy tuzilmalari hamda partiyaga a’zolik masalalari to‘g‘risida tushunchalar berildi. Shuningdek, “Har bir oila – tadbirkor”, “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturlari mazmun-mohiyati to‘g‘risida ma’ruzalar tinglandi.  

– Bugungi kunda tumanimizda 200 ga yaqin fermer xo‘jaligi faoliyat ko‘rsatmoqda, – deydi tuman fermer dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisi A.Ro‘ziqulov. – Shu bois, fermerlarga zarur sharoit yaratish maqsadida kengash qoshida markazlashgan buxgalteriya markazi tashkil etdik. Mazkur markazda fermerlar uchun qulay va samarali buxgalteriya xizmati yo‘lga qo‘yilgan.

Tadbirda “Kamalak invest-tekstil” MChJ direktori, O‘zLiDeP faoli Bobir Sulaymonovga partiya dasturiy maqsad va vazifalarini elektorat vakillari, fuqarolar orasida targ‘ib qilishdagi faol ishtiroki hamda partiya tashkil topganining 15 yilligi munosabati bilan O‘zLiDeP tuman Kengashining tashakkurnomasi topshirildi.

Tadbir so‘ngida partiyaga a’zo bo‘lish istagini bildirgan 50 nafar fermer partiya a’zoligiga qabul qilindi.

Q.ShOYIMOV,

O‘zLiDeP Samarqand viloyat

Kengashi bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    914
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+