Mehr-muruvvat va ezgulik ulashib

03.12.2018, 18:06

Mehr-muruvvat va ezgulik ulashib

Sahovat va mehr-muruvvat ko‘rsatish xalqimizga xos fazilatlardan sanaladi. Shu bois, 3 dekabr “Xalqaro  nogironlar kuni” munosabati bilan joylarda xayriya tadbirlari tashkil etilmoqda.

O’zLiDeP hududiy Kengashlari, xususan, Namangan shahar, Mingbuloq va Kosonsoy tuman Kengashlarida ham ushbu tadbirlar ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.

– Maqsadimiz oz bo‘lsada ularga quvonch ulashish, – deydi Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Feruza Djalalova. –Mehr ulashish aksiyasida Namangan shahri Oromgoh daxasidagi 20ga yaqin ijtimoy himoyaga muhtoj oilalar,  nogironlar va 10 dan ortiq yakka tartibda ta’lim olayotgan bolalar holidan habar olindi. Ularga oziq-ovqat maxsulotlari, o‘quv qurollari, yumshoq o‘yinchoqlar tarqatildi.

–Hukumatimizga ming rahmat, hamisha bizdan mehr-muruvvatini ayamaydi, – deydi Tursunxon Abduxomidov. –Mana bugun deputatimiz Olimjon Mavlonov boshchiligida bir guruh partiya faollari uyimizga kelib, menga nogironlik aravachasi sovg‘a qilishdi. Endi o‘zim erkin ko‘chada aylana olaman.

Eslatib o‘tamiz, bu kabi xayriya tadbirlari viloyatning boshqa tumanlarida ham o‘tkazilmoqda.

Yulduz YULDASHEVA,

O‘zLiDeP Namangan viloyat

Kengashi matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    2299
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+