Payariqda Prezident qarori mohiyati tushuntirildi

04.12.2018, 12:10

Payariqda Prezident qarori mohiyati tushuntirildi

O‘zLiDeP Payariq tuman Kengashi tumandagi “Amirxon gaz servis” MChJda Prezidentimizning “Issiqxona komplekslarini rivojlantirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori targ‘ibotiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etdi.

Tegishli soha vakillari, partiya tuman Kengashi xodimlari tadbirkor va fermerlar ishtirok etgan tadbirda issiqxona xo‘jaliklarini jadal rivojlantirish, mamlakatda meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish va eksport qilish hajmlarini ko‘paytirish, yer va suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish kabi masalalar muhokama qilindi.   

– Joriy yilning mart oyida umumiy maydoni 1,1 gektar energiya tejaydigan va tomchilatib sug‘orishga asoslangan issiqxona barpo etdik, – deydi "Amirxon gaz servis" MChJ ish boshqaruvchisi Shaxriyor Tursunov. – Hozirda 1 gektar maydonga bodring ekib, parvarish qilyapmiz. Ekkan bodringlarimiz hosilga kirgan. Tez orada birinchi hosilni yig‘ib, sotuvga chiqaramiz.

Tadbir yakunida ishtirokchilar Payariq tumanidagi "Amirxon gaz servis" MChJga qarashli issiqxona faoliyati bilan tanishdi.

Qodir ShOYIMOV,

O‘zLiDeP Samarqand viloyat

Kengashi bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    1358
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Холмурод Сориев, Халқ депутатлари Нуробод туман Кенгашидаги O'zLiDeP депутатлик гуруҳи раҳбари2018-12-07 19:10:08

Мамлакатимизда иссиқхоналарнинг кўпайиши аҳолимизни қишда ҳам янгитдан узилган мева-сабзовот билан таъминлаш имкониятларини кенгайтиради.


Fikringizni qoldiring

+