Jizzaxlik yosh tadbirkor O‘zLiDePdan nonvoyxona tashkil etishda yordam so‘radi

04.12.2018, 12:16

Jizzaxlik yosh tadbirkor O‘zLiDePdan  nonvoyxona tashkil etishda yordam so‘radi

O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi Jizzax shahar bo‘limi bilan hamkorlikda “Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish – asosiy maqsadimiz” mavzuida tadbir tashkil etdi.   

Tadbirda yoshlar tadbirkorligini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, yoshlarni biznes bilan shug‘ullanishga faol jalb qilish, bandligini ta’minlash, ayniqsa, ularning biznes tashabbuslari, startaplari, g‘oyalari va loyihalarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish borasida partiya tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z bordi.

–Yurtimizda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishimiz uchun barcha imkoniyatlar bor. Shu bois, tijorat banklaridan imtiyozli kredit olib nonvoyxona tashkil etmoqchiman, – deydi Iqtisodiyot va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji o‘quvchisi Nurislom Dadajonov. – Partiyadan kredit olishda yordam so‘radim. O‘zLiDeP faollari deputatlar ko‘magida imtiyozli kredit olishda yordam berishlarini aytishdi.

Tadbirda shuningdek, “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi tomonidan yoshlarga ajratilayotgan imtiyozli kreditlar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, xizmat ko‘rsatish va servis sohalarini jadal rivojlantirish bo‘yicha atroflicha ma’lumotlar berildi.

Xolmat  TO‘RAYEV,

O‘zLiDeP Jizzax viloyat

Kengashi bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    1954
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Шохрух2018-12-04 15:40:10

Яхши иш бўлибди.


Fikringizni qoldiring

+