Xorazmlik tarafdorlarimiz soni 67 nafarga ko‘paydi

05.12.2018, 11:37

Xorazmlik tarafdorlarimiz soni 67 nafarga ko‘paydi

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi Siyosiy ta’lim markazi “Yoshlarda tadbirkorlik ko‘nikmalari shakllanishida O‘zLiDePning o‘rni” mavzuida  tadbir tashkil etdi.

Unda tegishli soha vakillari, Savdo-sanoat palatasi Xorazm viloyat boshqarmasi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi viloyat boshqarmasi xodimlari va Urganch davlat universiteti talabalari qatnashdi.

Tadbirda vohada faoliyat yuritayotgan ko‘p yillik tajribaga ega tadbirkorlar maqsadga erishish yo‘llari, kichik imkoniyatdan samarali foydalanish, qiyinchilikka uchraganda ham faqat olg‘a intilish lozimligini hayotiy misollar bilan tushuntirishdi.

–Viloyatimizda o‘z biznesini boshlamoqchi bo‘lgan yoshlar ko‘p, – deydi O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi bo‘lim mudiri Doniyor Karimov. – Biroq aksariyat yoshlarimiz tadbirkorlikni boshlash bo‘yicha yetarli bilim va ko‘nikmaga ega emas. Shu bois, tadbirda talabalarga sohada yaratilayotgan keng imkoniyatlar hamda imtiyozlar haqida ma’lumot berdik. Bugungi tadbirdan ko‘zlangan maqsad ham yoshlarni o‘z biznes g‘oyalarini hayotga tatbiq etishlari uchun sharoit yaratish edi va bunga erishdik, deb o‘ylayman.

Tadbir yakunida partiyaga a’zo bo‘lish istagini bildirgan 67 nafar talaba O‘zLiDeP safiga qabul qilindi.    

Sultonboy Ochilov

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi

Siyosiy ta’lim markazi rahbari

  • Ko'rildi
    1088
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Равшанбек Абдураҳимов, O'zLiDeP Андижон вилоят Кенгаши ходими2018-12-05 16:59:59

O'zLiDeP Хоразм вилояти Кенгаши ҳузуридаги Сиёсий таълим маркази ва унинг фидоий раҳбари Султонбой Очилов фаолиятига омад тилаймиз. Партия фаоллари, депутатлар ҳамда электорат вакилларининг сиёсий малакаларини оширишда сира чарчаманг!


Fikringizni qoldiring

+