O‘zDJTUning 20 nafar talabasi OʻzLiDeP kadrlar zaxirasiga olindi

05.12.2018, 11:43

O‘zDJTUning 20 nafar talabasi  OʻzLiDeP kadrlar zaxirasiga olindi

OʻzLiDeP Toshkent shahar Kengashi O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida tadbir tashkil etdi.

Unda partiya Toshkent shahar Kengashi mas’ul xodimlari, partiya faollari, Xalq deputatlari Toshkent shahar va tuman Kengashlaridagi OʻzLiDeP deputatlik guruhi a’zolari, professor o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar qatnashdi.

Tadbir davomida partiyaning “O`zLiDePda yoshlar kuni” loyihasi haqida, “Yosh liberallar” klubi hamda uning "Kelajak deputatlari” va "Yosh tadbirkorlar muammolarini o‘rganish” guruhlari faoliyati va amalga oshirayotgan ishlari to‘g‘risida tushunchalar berildi.

– Bugungi tadbirdan ko‘zlangan maqsad – siyosiy jihatdan yetuk, davr talablariga javob bera oladigan yoshlarni topish va ularni partiya kadrlar zaxirasiga olishdan iborat, – deydi OʻzLiDeP Toshkent shahar Kengashi bo‘lim mudiri Sarvarxon Ibrohimov. – Chunki mamlakat kelajagi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oladigan, intiluvchan va serg‘ayrat, el-yurt kelajagiga befarq bo‘lmagan yoshlarni partiyamizga a’zo bo‘lishi faoliyatimizga yangicha ruh, yangicha nafas olib kiradi.  

Tadbir yakunida siyosiy jarayonlarga qiziqishi baland bo‘lgan 20 talaba OʻzLiDeP istiqbolli kadrlar zaxirasiga olindi.

OʻzLiDeP Toshkent shahar

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    424
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+