O‘zLiDeP sayyor qabulida “Panjob” MFYda yovvoiy itlar ko‘payib ketgani aytildi

05.12.2018, 16:47

O‘zLiDeP sayyor qabulida “Panjob” MFYda yovvoiy itlar ko‘payib ketgani aytildi

O‘zLiDeP Samarqand shahar Kengashi shahardagi 53-sonli umumta’lim maktabida sayyor qabul tashkil etdi.

Qabulda tegishli soha vakillari, partiya faollari, O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari, mutasaddi tashkilot vakillari ishtiroki ta’minlangani aholi tomonidan kelib tushgan murojaatlarni joyida hal etish imkonini berdi.  

Jumladan, “Panjob” mahallasida yashovchi A.Zokirov 1953 yilda o‘tkazilgan suv quvurlari yorilgani va buning oqibatida ichimlik suvi isrof bo‘layotganini aytib, muammoni hal etishda yordam so‘radi. Ushbu murojaat Samarqand shahar Suvoqova ishlab chiqarish korxonasi mutaxassisi tomonidan nazoratga olinib, yaqin kunlarda muammoni ijobiy hal etishga va’da berdi.

“Panjob” MFY raisi Alirizo Bagirov esa hududda yovvoiy itlar ko‘payib ketganidan shikoyat qildi.

 – Mahalla  hududida yurib bo‘lmay qoldi, – deydi u. – Ko‘cha-ko‘yda daydi itlardan qo‘rqadi kishi. Nabiralarimizni ham maktabga yuborishda itlardan xavfsiraymiz,

 Murojaat yuzasidan fikr bildirgan Samarqand shahar obodonlashtirish boshqarmasi vakili muammoni shu kunning o‘zida hal etishda yordam ko‘rsatishini bildirdi.

Sayyor qabulda elektr-energiya, jamoat taransporti, ichki yo‘llarni asfaltlash, kanalizatsiya masalalari bo‘yicha kelib tushgan murojatlarning aksariyati O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Iroda Yusupova tomonidan nazoratga olindi.

Baxtigul QARShIYEVA,

O‘zLiDeP Samarqand viloyat

Kengashi matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    1060
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Холмурод Сориев, Халқ депутатлари Нуробод туман Кенгашидаги O'zLiDeP депутатлик гуруҳи раҳбари2018-12-07 19:02:47

Самарқанд шаҳар Кенгашидаги партиядошларимиз ишларига омад тилайман!


Fikringizni qoldiring

+