Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish qishloqlar farovonligi va mamlakat rivoji garovidir

05.12.2018, 16:52

Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish qishloqlar farovonligi va mamlakat rivoji garovidir

O‘zLiDeP Buxoro viloyat Kengashi Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti Buxoro filialida “Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish qishloqlar farovonligi va mamlakat rivoji garovidir” mavzuida davra suhbati o‘tkazdi.

Tadbirda asosiy e’tibor yoshlarning tadbirkorlik va fermerlik faoliyatiga qiziqishini kuchaytirish, o‘z biznesini tashkil etish uchun iqtisodiy va huquqiy sharoitlar yaratish, oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilarini kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka jalb qilish masalalariga qaratildi.

–Hammamiz bolaligimizdan yerga, dehqonchilik va chorvachilikka mehr qo‘yganmiz. Chunki bu sohaning mehnati qanchalik sharafli, noni esa, qanchalik totli va shirinligini barchamiz yaxshi bilamiz, –deydi Kogon tumanidagi “Oqqosh Bo‘ron zamini”  fermer xo‘jaligi raxbari, O’zLiDeP azosi Nozigul Jo‘rayeva.– Shu bois, keyingi yillarda mamlakatimizda fermerlik harakatini rivojlantirishga qaratilayotgan yuksak e’tibor tufayli hozirda fermerlarimiz turli yo‘nalishlarda samarali faoliyat yurityapti. Bu kabi tadbirlar esa yoshlarning sohaga oid bilim- ko‘nikmasini oshirish barobarida, yosh fermerlar safini yanada kengaytirishga xizmat qilishi shubhasiz.  

Tadbirda qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish, modirnizatsiyalash va difersifikatsiyalash bo‘yicha dasturiy chora-tadbirlar faol amalga oshirilayotgani tufayli qishloq xo‘jaligi maxsulotlarining mo‘l xosili yetishtirilgani ta’kidlandi.

Aziz HAKIMOV,

O‘zLiDeP Buxoro viloyat Kengashi

Yoshlar bilan ishlash bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    869
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+