O‘zLiDeP imkoniyati cheklangan bolajonlarga sovg‘a-salom ulashdi

05.12.2018, 16:57

O‘zLiDeP imkoniyati cheklangan  bolajonlarga sovg‘a-salom ulashdi

O‘zLiDeP Andijon shahar Kengashi xodimlari va Xalq deputatlari shahar Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari hududdagi 40, 41, 51 va 52-sonli MTMlardagi ijtimoiy himoyaga muhtoj bolajonlar holidan xabar oldi.

–Inson uchun eng katta sovg‘a bu – mehr, – deydi xalq noibi, O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Gulnora Qodirova. – Ayniqsa, bolaning yuzidagi kulgu, qalbidagi quvonch ham aynan mehr-muruvvat bilan yuzaga chiqadi. Bugun biz ana shu mehrga tashnalikni imkoniyati cheklangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj bolajonlar ko‘zida ko‘rdik.

Tashrif davomida partiya faollari Andijon shahridagi “Bolalar uyi”da ham bo‘lishdi.

Diyorbek ABDUSAMATOV,

O‘zLiDeP Andijon shahar

Kengashi ijrochi kotibi

  • Ko'rildi
    987
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+