O‘zLiDeP qoraqalpog‘istonlik tadbirkorga 700 mln. so‘m imtiyozli kredit olib berishda ko‘maklashdi

05.12.2018, 17:18

O‘zLiDeP qoraqalpog‘istonlik tadbirkorga  700 mln. so‘m imtiyozli kredit olib berishda ko‘maklashdi

Bir hafta avval Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumanida joylashgan “Biznest invest Shimbay” MChJ rahbari K.Pirlepesov tomonidan O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasiga murojaat kelib tushgan edi. Unda tadbirkor faoliyatini kengaytirish uchun tijorat bankidan imtiyozli kredit olishda ko‘mak so‘ragani bayon qilingan.

– O‘zLiDePga minnatdorchilik bildiraman, – deydi “Biznest invest Shimbay” MChJ rahbari K.Pirlepesov. – Ularning tashabbusi bilan imtiyozli kredit olishga muvaffaq bo‘ldim. Endi faoliyatimni yanada kengaytirib, 20 ga yaqin ish o‘rni yarataman. Ishlab chiqaradigan mahsulotlarimizni nafaqat ichki, balki tashqi bozorga ham eksport qilish niyatidamiz.

Ta’kidlash kerak, O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi tadbirkorlarga nafaqat imtiyozli kreditlar olib berishda, balki mahalliy korxonalarga xorijdan xaridor va hamkorlar topishda ham faollik ko‘rsatmoqda. Bugungacha partiya sa’y-harakatlari bilan rossiyalik va mahalliy ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida 10ga yaqin hamkorlik bitimlari tuzildi. 

O‘zLiDeP matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    685
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Ахунжан2020-08-16 19:00:53

Менга кредит зарур


Атажанов Охунжон2020-08-16 18:59:06

Менга савдо учун кредит зарур илтимос ярдам берингла молиявий ярдамга мухтожман


Ойбекжон 2018-12-08 17:48:38

Куп укияпмиз у вилоятда бу тадбиркорлар бунча миллион сум. Бу вилоятда бу тадбиркорга бунча миллион сум кридит олишга ёрдам берилди дийилганини ман хам хозирги кунда кичик тадбиркорлик билан шугулланаман аникрок айтади ган бусам куёнчилик билан шугуланаман шу сохани кенгайтирмокчиман терисини кайта ишлаш. Гуштини халкимизга дудланган, хом хар хил холатда етказиб бериш яна бошка нарсаларни йулга куймокчиман шунинг учун кридит олмокчиман кимга кай холатда мурожат килсам булади агар ман манашу ишларни амалга оширсам камида 10 кишили ишчи уринлари яралади яна экспорт килиш имконияти яратилади шунинг учун манга хам кридит олишим га ёрдам беришларини суреман мободо тел номерим 91 1448020


Fikringizni qoldiring

+