O‘zLiDeP – 15 yil xalq xizmatida

06.12.2018, 15:58

O‘zLiDeP – 15 yil xalq xizmatida

O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi “Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi – 15 yil xalq xizmatida!” kitobi taqdimotiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etdi.

Unda O‘zLiDeP viloyat, tuman (shahar) Kengashi xodimlari, Qarshi davlat universiteti o‘qituvchilari, Xalq deputatlari viloyat Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zolari, tadbirkorlar va fermerlar qatnashdi.

Tadbirda partiyaning o‘tgan 15 yil ichida qo‘lga kiritgan yutuqlari zamirida deputatlar va partiya xodimlarining zahmatkash mehnati yotgani ta’kidlandi.

– O‘tgan yillar davomida partiyamiz tomonidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi, – deydi O’zLiDeP viloyat Kengashi apparat rahbari A. Sherov. – Lekin, hali oldimizda e’tibor qaratilmagan masalalar, vazifalar juda ko‘p. Boshqacha aytganda, yutuqlar o‘zimizniki, ular xotirjamlikka asos bo‘lmasligi lozim. Zimmamizdagi vazifalarni to‘la anglab, elektoratimiz ishonchini qozonish esa bizdan juda katta mas’uliyat talab etadi. Demak, yutuqlarga mahliyo bo‘lmasdan, doim oldinga va yana oldinga harakat qilishimiz, odamlar dard-u tashvishi bilan yashashimiz darkor.

Tadbirda partiya oldida turgan vazifalar ko‘lami nihoyatda keng ekani, ularni amalga oshirish barcha partiyadoshlarimizdan belni mahkam bog‘lab, bir yoqadan bosh chiqargan holda, ish olib borishni taqozo etayotgani ta’kidlandi.  

O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat

Kengashi matbuot xizmati

Teglar
#uzlidep15
  • Ko'rildi
    1306
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+