O‘zLiDeP fermerlarni “Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni” bilan tabrikladi

06.12.2018, 17:48

O‘zLiDeP fermerlarni “Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni” bilan tabrikladi

Bugun dasturxonimiz to‘kin-sochin. Yilning to‘rt faslida ham sarxil mevalaru-sabzavotlar arimaydi. Bularning bari zahmatkash dehqon va fermerlarning mashaqqatli mehnati evaziga hosil bo‘ladi.

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi tomonidan “Qishloq xo‘jaligi xodimlari” kuni munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda ayni shu jihatlar e’tirof etildi.

–Partiyaning ustuvor yo‘nalishlaridan biri agrar sohadagi munosabatlarni takomillashtirish, fermer va dehqon xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash, mamlakatning oziq-ovqat mustaqilligi va xavfsizligini ta’minlashdan iborat, – deydi O‘zLiDeP viloyat Kengashi apparat rahbari v.b Ibrohim Sattarov. – Bugungi tadbirda esa mashaqqatli mehnati evaziga mo‘l hosil yetishtirib, xalq farovonligini ta’minlashga munosib hissa qo‘shayotgan bir guruh faol fermerlar e’tirof etildi.

Tadbirda davlatga paxta sotish rejasini bajargan “Sanamjon Sanobar” va “Chust Firdavs” fermer xo‘jaliklari rahbariga partiyaning tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tadbirda Qishloq xo‘jaligi vaziri Bahodir Yusupov ishtirok etdi.

Yulduz YULDASHEVA,

O‘zLiDeP Namangan viloyat

Kengashi matbuot kotibi

 

  • Ko'rildi
    1458
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Холмурод Сориев, Халқ депутатлари Нуробод туман Кенгашидаги O'zLiDeP депутатлик гуруҳи раҳбари2018-12-07 19:01:14

Халқни, элни, инсонларни боқадиган, кийинтирадиган фермерларга ҳар қанча хизмат қилсак, уларни эъзозласак, қадрласак, улар меҳнатини эътироф этиб, ҳурмат кўрсатсак, қанчалик савоб иш қилган бўламиз. Чунки бу инсонлар оддий инсонлар эмас, балки Ҳазрати Инсонлардир, яъни яратгувчи,тўйдирувчи инсонлардир.


Fikringizni qoldiring

+