O‘zLiDePning sayyor uchrashuvi: Lobar Toshpo‘latovaga 30 million so‘m beriladi

06.12.2017, 17:33

O‘zLiDePning sayyor uchrashuvi:  Lobar Toshpo‘latovaga 30 million so‘m beriladi

O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi tomonidan Dehqonobod tumanida sayyor uchrashuv tashkil etildi. Unda 50 dan ortiq aholi ishtirok etdi. Uchrashuvda aholi tomonidan qilingan 7 ta murojaat shu joyning o‘zida ijobiy hal etildi. Qolgan 16 ta murojaatlar yuzasidan tushuntirishlar berilib, partiya viloyat Kengashi va O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolarining nazoratiga olindi.

Lobar Toshpo‘latova ana shu sayyor uchrashuvda o‘z muammosiga yechim topdi. U tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish maqsadida bankdan moliyaviy ko‘mak olishda amaliy yordam so‘rab partiyamizga murojaat qildi. O‘zLiDeP aralashuvi bilan unga 30 mln. so‘m kredit ajratiladigan bo‘ldi. Tadbirkorning aytishicha, u ana shu mablag‘ hisobidan faoliyatini kengaytirish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratishni rejalashtiryapti.

Ta’kidlash kerak, viloyat aholisining partiyamiz hududiy Kengashlariga qilinayotgan har bir murojaati chuqur o‘rganilib, ularning maqbul yechimlarini topishda quyi bo‘g‘in yetakchilari va deputatlar faollik ko‘rsatyapti. Amaliy ishlar esa voha ahlining partiyamizga bo‘lgan ishonchini mustahkamlamoqda.

  O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat

 Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook’dagi rasmiy sahifasi va Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1269
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+