O‘zLiDeP kashf etgan yosh innovatsiyachi “Samarali innavatsion g‘oyali qurilmalar” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichida g‘olib bo‘ldi

12.12.2018, 14:43

O‘zLiDeP kashf etgan yosh innovatsiyachi  “Samarali innavatsion g‘oyali qurilmalar”  ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichida g‘olib bo‘ldi

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining kasb-hunar ta’limi markazi bilan hamkorlikda kasb-hunar kolleji o‘quvchilari o‘rtasida “Yosh innovatsiyachi” ko‘rik-tanlovini tashkil etib, yoshlarning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlagan edi.

O‘zLiDePning mazkur tanlovda muvafaqqiyatli qatnashgan G‘uzor neft gaz sanoati kolleji o‘quvchisi Sarvinoz Ozodova Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Kasb-hunar ta’limi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi, Fanlar akademiyasi va Xalqaro quyosh energiyasi instituti hamkorligida tashkil etilgan “Samarali innavatsion g‘oyali qurilmalar” tanlovida o‘zini ko‘rsatdi. U tanlovning tuman va viloyat bosqichlarida 1-o‘rinni egallab, respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.  

–Ushbu mukofotni qo‘lga kiritishimga O‘zLiDeP “Yoshlar qanoti”ning o‘rni katta, – deydi Sarvinoz Ozodova. – Sababi, partiyaning “Yosh innovatsiyachi” ko‘rik-tanlovi o‘zimga bo‘lgan ishonchni mustahkamlashga yordam bergan edi. Endilikda o‘z g‘oyalarim bilan yangi marralar sari intilmoqdaman.

                                                                  Ma’murjon ABDULLAYEV,

 O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat

Kengashi bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    987
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Маъмуржон Абдуллаев - O‘zLiDeP Қашқадарё вилояти Кенгаши Ёшлар билан ишлаш бўлими мудири2018-12-13 14:50:41

Сарвиноз ушбу кўрик танловнинг республика босқичида ҳам 1 - ўринни олди. Ёшларимизнинг ҳар бир ютуғи бизни руҳлантириб, ўз фаолиятимизни янада самарали ташкил этишимизга ундамоқда.


Fikringizni qoldiring

+