Namanganda “O‘zLiDeP – 15 yil xalq xizmatida” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

12.12.2018, 14:51

Namanganda “O‘zLiDeP – 15 yil xalq xizmatida” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi “Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi – 15 yil xalq xizmatida” kitobi taqdimotiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etdi.

Tadbirda so‘z olgan O‘zLiDeP viloyat Kengashi apparat rahbari v.b Ibrohim Sattarov partiya o‘tgan 15 yil mobaynida mamlakatimiz taraqqiyoti va xalq farovonligi yo‘lida faoliyati xalq ishonchini qozongani, bu yutuqlarning bari partiya faollari va deputatlar mehnati samarasi ekanini ta’kidladi.

– Hali oldimizda bajarishimiz lozim bo‘lgan ishlar juda ko‘p, – deydi I.Sattarov. – Keyingi yilda bizni jiddiy sinovlar kutib turibdi. 2019 yilda bo‘lib o‘tadigan saylovlar bizni ko‘zlagan maqsadimizga qay darajada erishganimiz va qay darajada saylovchilar ishonchini qozonganimizni ko‘rsatadi.

Muloqot yakunida partiya oldidagi vazifalar, saylovoldi targ‘ibot ishlari atroflicha muhokama qilindi. Partiya safiga qabul qilingan 20 nafar talabaga partiya guvohnomalari topshirildi.

Yulduz YuLDASHEVA,

O‘zLiDeP Namangan viloyat

Kengashi matbuot kotibi

Teglar
#uzlidep15
  • Ko'rildi
    1107
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+