O‘zLiDeP deputati Namanganda “Book cafe” ochdi

12.12.2018, 15:01

 O‘zLiDeP deputati  Namanganda “Book cafe” ochdi

Bugun Namangan muxandislik texnologiyalar institutida yoshlar uchun chinakam bayram. Boisi, bu oliy dargohda yoshlarni bilim olishi va madaniy hordiq chiqarishi, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi uchun yangi kitob do‘koni foydalanishga topshirildi.

O‘zLiDeP deputati “Namangan kitob olami” MChJ rahbari Ma’ruf Mo‘minov tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu ma’rifat maskanida talaba-yoshlar kitoblardan shu yerning o‘zida bepul foydalanishi mumkin.

– Ma’rifatli insonlardan juda mamnunmiz, – deydi NamTI prorektori Ma’rufjon Qayumov. – Ziyo maskanlari ko‘paygan sari talabalarni kitobga bo‘lgan mehri yanada oshib boraveradi. Bunday “Book cafe”lar barcha ilm maskanlarida tashkil etilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Tadbir so‘ngida O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi tomonidan “Book cafe”ga  turli adabiyotlar to‘plami sovg‘a qilindi.

Yulduz YuLDASHEVA,

O‘zLiDeP Namangan viloyat

Kengashi matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    1178
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+