O‘zLiDeP ilg‘or fermerlarni taqdirladi
12.12.2018, 15:13

O‘zLiDeP Karmana tuman Kengashi “Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi – 15 yil xalq xizmatida” kitobi taqdimotiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etdi.
Tadbirda so‘z olgan O‘zLiDeP viloyat Kengashining rahbari Kamoliddin Yo‘ldoshev yig‘ilganlarni partiyaning 15 yillik bayrami bilan samimiy muborakbod etib, o‘tgan davr mobaynida partiya tomonidan hayotga tatbiq etilgan ishlar xususida to‘xtalib o‘tdi.
Shundan so‘ng, qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni oldidan “Ilg‘or fermer” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan partiyamiz a’zosi “Vohid-Muso” fermer xo‘jaligi raisi Yulduz Yarqulova va “Namunali tomorqachi” davlat mukofoti sohibasi Rayhon Saidovaning mehnat faoliyai, tadbirkorlik va fermerlik sohasida erishgan yutuqlari o‘rganildi.
Qayd etilganidek, 2002 yilda fermerlik sohasiga qadam qo‘ygan Yulduzxon opa hozirda tuxum, go‘sht, issiqxona, asalarichilik bilan shug‘ullanib, 10 gektar yerda paxta va g‘alla yetishtirib kelmoqda. Ilg‘or tadbirkor Rayhon Saidova esa issiqxona, broler tovuqchilik, limonariya, qoramol va yilqichilik ortidan ulkan muvaffaqiyatlarga erishgan.
Tadbirda ilg‘or fermer va tadbirkorlar O‘zLiDeP viloyat Kengashi hamda “Karmana mashhurasi” o‘quv markazi tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
O‘zLiDeP Navoiy viloyat
Kengashi matbuot xizmati
Fikringizni qoldiring
O'xshash yangiliklar
-
O’zLiDeP deputati mirzaobodlik 50 nafar yoshlarning bandligini ta’minlamoqchi
15.09.2020, 15:32
-
O'zLiDeP faoli Afrika laqqa balig‘ini intensiv usulda ko‘paytirmoqda
26.08.2020, 11:40
-
“Sirdaryo varaka chevarlari" MChJning 60 nafar ishchi-xodimlari partiya a’zoligini qabul qildi
21.08.2020, 17:21
-
Tadbirkorlik va qurilish sohasidagi muammolar yechimiga bag‘ishlangan muloqot o‘tkazildi
25.02.2020, 19:23
-
“Yoshlar–kelajagimiz!” jamg‘armasi 2020 yil boyovutlik 13 nafar yoshlarlarga 1 mlrd. 600 mln. so‘m kredit ajratadi
17.02.2020, 17:06
Bildirilgan fikrlar
Носирова Шоира Кармана туман Кенгаши депутати2018-12-23 22:33:22
O‘zLiDeP нинг янада ривожланишига тилакдошман ва бундай байрамлари жуда кўп бўлишига ишонаман.
Навоий вилоят Кенгаши Қўчқоров Беҳзод Исомиддинович2018-12-17 18:57:24
Хурматли фойдаланувчи Навоий вилояти шу вақтга қадар режада белгиланган ҳар бир тадбирга жиддий ёндошиб намунали қилиб ўтказиб келган ва ўтказишда давом этади. Расм хусусида келадиган бўлсак тегишли мутассадилар хулоса қилади деган умиддамиз.
Гузал2018-12-13 15:47:43
Навоида фақат бир хил расм кимди табиклаган билолмайсан.