“O‘zLiDeP mehnatlarimizni doimo qadrlaydi”, deyishmoqda andijonlik fermerlar

13.12.2018, 14:48

“O‘zLiDeP mehnatlarimizni doimo qadrlaydi”, deyishmoqda andijonlik fermerlar

Ro‘zixon O‘rinboyeva Qo‘rg‘ontepa tumanidagi “Nafis go‘zallik ifori” fermer xo‘jaligi rahbari. Hozirga qadar fermerning qishloq xo‘jaligi sohasida erishgan yutuqlari tuman fermer va dehqonlariga namuna sifatida ko‘rsatib kelinadi. Quvonarlisi, O‘zLiDeP bilan hamnafas fermerning mehnatlari doimo e’tirofda.

O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi tomonidan “Qishloq xo‘jalagi xodimlari kuni”ga bag‘ishlab “Fermer – yurt tayanchi” mavzusida tashkil etilgan tadbirda Ro‘zixon O‘rinboyeva kabi viloyatning ilg‘or fermerlari partiyaning tashakkurnoma va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.

–Partiya mehnatlarimizni doimo qadrlaydi, – deydi R. O‘rinboyeva. – Bugungi tantanaga taklif qilgan, kamtarona xizmatlarimizni yuksak e’tirof etgan partiyadoshlarimizga rahmat aytaman.

Tadbir davomida yangragan kuy-qo‘shiqlar tantanaga chinakam bayram ruhini baxsh etdi.

Muyassarxon UMURZAQOVA,

O‘zLiDeP Andijon viloyat

Kengashi bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    1026
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+