O‘zLiDeP xorazmlik ilg‘or fermerlarni taqdirladi

14.12.2018, 16:12

O‘zLiDeP xorazmlik ilg‘or fermerlarni taqdirladi

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan Hazorasp tumanidagi “Hazorasp paxta tozalash” korxonasida tadbir tashkil etdi.

Tadbirda mamlakatimizda qishloq xo‘jaligini, ayniqsa, chorvachilik, parrandachilik, bog‘dorchilikni rivojlantirish, bu borada yangi loyihalarni hayotga tatbiq etishga qaratilayotgan alohida e’tibor oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni ko‘paytirishga va aholi farovonligini ta’minlashga xizmat qilayotgani ta’kidlandi.  

–Yurtimizda keyingi ikki yilda barcha sohalar qatori qishloq xo‘jaligi bo‘yicha ham muhim dasturlar, “yo‘l xarita”lari ishlab chiqilib, izchil amalga oshirilmoqda, – deydi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Gulnora Matmuratova. – Shu bilan birga, qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish, ishlab chiqarishga yangi texnologiyalarni joriy etishga alohida e’tibor qaratilyapti. Natijada fermerlarimiz quruq iqlim, noqulay ob-havo sharoitiga qaramay, paxta va g‘alladan mo‘l hosil olib, shartnomani ortig‘i bilan bajarishdi.

Tadbir yakunida viloyat rivojiga ulkan hissa qo‘shgan bir guruh ilg‘or fermerlar O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi tomonidan esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.  

Mardonbek ABDIRIMOV,

O‘zLiDeP Hazorasp tuman

Kengashi apparat rahbari

  • Ko'rildi
    528
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+