O‘zLiDeP deputati tadbirkorga boshlang‘ich to‘lovsiz beriladigan uy-joy olishda ko‘maklashadi

14.12.2018, 17:28

O‘zLiDeP deputati tadbirkorga boshlang‘ich to‘lovsiz beriladigan uy-joy olishda ko‘maklashadi

Yadgora Yunusova Andijon shahridagi oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘ygan ishbilarmonlardan biri. U atrofidagi shogirdlari bilan birga o‘z uyida bolalar uchun kiyimlar va choyshablar tikib, ichki bozorga chiqarmoqda. Tayyorlagan sifatli mahsulotlari xaridorgirligi bilan ajralib turadi.

Faoliyatini yaxshigina yo‘lga qo‘ygan tadbirkorning bir muammosi bor. Turmush o‘rtog‘ining vafotidan keyin ikki nafar imkoniyati cheklangan farzandining dori-darmoni, ro‘zg‘or kamlaridan ortinib, uy olishga qurbi yetmayapti. Tadbirkorning mazkur muammosi O‘zLiDeP Andijon shahar Kengashida “Ayollar qanoti” tashabbusi bilan tashkil etilgan “Tadbirkor ayol – oila farovonligi kafoloti” mavzusidagi davra suhbatida atroflicha o‘rganib chiqildi.

– Yaxshiki, partiyaga o‘z vaqtida a’zo bo‘lganman, – deydi tadbirkor ayol. – Ayni kungacha kerakli tavsiya va ko‘magini ayamagan O‘zLiDeP bu gal ham menga yordam berdi. Deputatlar yordami bilan muammoyim hal qilinadigan bo‘ldi.

Ishbilarmon ayol kelgusida faoliyatini imkoniyati cheklanganlar uchun boshlang‘ich to‘lovsiz beriladigan arzon uy-joylardan birida davom ettiradi.

Umidaxon ISAYEVA,

O‘zLiDeP Andijon viloyat

Kengashi bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    1265
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Холмурод Сориев, Халқ депутатлари Нуробод туман Кенгашидаги O'zLiDeP депутатлик гуруҳи раҳбари2018-12-14 19:26:44

Биринчи галда ёрдам, кўмакка муҳтож инсонинг, қолаверса, партиямиз асосий электорати бўлган тадбиркорнинг муаммоси партиямиздан сайланган депутатлар томонидан ҳал этилиши партиямизнинг кенг халқ оммаси томонидан қизғин қўллаб-қувваланишига, партиямиз сафларининг ошишига ўзининг ижобий таъсирини ўтказади.


Fikringizni qoldiring

+