Prezidentimiz ishonchi kuchimizga kuch, g‘ayratimizga g‘ayrat qo‘shdi

17.12.2018, 15:47

Prezidentimiz ishonchi kuchimizga kuch, g‘ayratimizga g‘ayrat qo‘shdi

Prezidentimiz joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, yirik loyihalar bilan tanishish maqsadida 13 dekabr kuni Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyurdi. 

Tashrif chog‘ida davlatimiz rahbarining xalq bilan o‘tkazgan uchrashuv va muloqotlari, yangi loyihalar taqdimoti chog‘ida bildirgan fikrlari, hududni yanada rivojlantirish, aholi turmush farovonligini yuksaltirish borasida belgilab berilgan vazifalar odamlar qalbida daxldorlik tuyg‘usini kuchaytirdi, ertangi kunga ishonchini yanada mustahkamladi.

Prezidentimizning korxonamizga kelib biz bilan dildan suhbatlashgani, istiqbolimiz uchun zarur tavsiyalar berganidan boshimiz osmonga yetdi. Uchrashuv chog‘ida yurtboshimiz ishlab chiqarish ko‘lamini kengaytirish, raqobatdosh mahsulot turlarini ko‘paytirish zarurligini ta’kidladi.

Mamlakatimiz rahbari bilan muloqot davomida qiymati 10 mln. AQSh dollari bo‘lgan “Milliy ko‘rinishdagi eko poyabzallar, liboslar ishlab chiqarish va turizmni rivojlantirish” mavzusidagi taqdimotimizni o‘tkazdik. Prezidentimiz mazkur loyihalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish yuzasidan mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalarni berdi. 

Ayni chog‘da 250 nafar xotin-qizni bandligini ta’minlaganmiz. Ishlab chiqarayotgan mahsulotlarimiz nafaqat ichki bozorda balki xorijga ham eksport qilinyapti. Endi bildirilgan ishonchni oqlab, faoliyatimizga yangiliklar kiritgan holda boshqa turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yyapmiz. Chunki yurtboshimiz tadbirkorlar bilan uchrashuvi chog‘ida tadbirkorlik sohasida katta ishlarni amalga oshirish bo‘yicha o‘ta muhim vazifalarni belgilab berdi. Bu yuksak ishonchni oqlash, mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish uchun bor imkoniyatlarimizni ishga solishimiz, yurt taraqqiyoti uchun astoydil mehnat qilishimiz darkor.   

Gulnora Odilova,

O‘zLiDeP faoli,

tadbirkor

  • Ko'rildi
    1050
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

O'zLiDeP Қамаши туман Кенгаши раиси А.Номозов2018-12-26 17:47:04

Бугунги давр ҳар бир инсондан ишбилармон, тадбиркор бўлишни талаб этмоқда. Унинг ишбилармонлиги шундаки, етиштирган маҳсулотини хом-ашё эмас, қайта ишлаб тайёр маҳсулот сифатида истеъмолчига етказиб беришидир.Хозирда тадбиркорликга кенг йўл очиб берилмоқда.Имтиёзлардан фойдаланиб,тадбиркор бўлиб, мустақил юртимизнинг янада гуллаб яшнашига ўз хиссамизни қўшайлик.


Fikringizni qoldiring

+