“Kattako‘rpa”lik O‘zLiDeP faoli aholiga arzon va sifatli go‘sht yetkazib beryapti

17.12.2018, 15:51

“Kattako‘rpa”lik O‘zLiDeP faoli aholiga  arzon va sifatli go‘sht yetkazib beryapti

O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi qishloq xo‘jalik xodimlari kuni munosabati bilan shaxsiy tomorqasidan unumli foydalanib, oilaviy tadbirkorlik bilan shug‘ullanib kelayotgan, sohada katta tajriba to‘plagan xonadon egalarining tajribasini ommalashtirish maqsadida turli uchrashuvlar o‘tkazib kelmoqda.

Ana shunday uchrashuvlardan biri Kattaqo‘rg‘on tumanidagi “Kattako‘rpa” mahallasi oqsoqoli, nuroniy Salohiddin hoji ota xonadonida tashkil etildi.

– Biz asosan chorvachilik bilan shug‘ullanamiz, – deydi Salohiddin ota. – Hozir aholini arzon va sifatli go‘sht bilan ta’minlash maqsadida 50 ta navvos boqyapmiz. Shu bilan birga, mahallada zamonaviy go‘sht do‘koni tashkil qilib, shaharliklar uchun har oyda 8 tonna go‘sht yetkazib beryapmiz.

Ma’lumot uchun, Salohiddin Sirojiddinov 30 yildan ortiq ta’lim sohasida mehnat qilgan. Nafaqaga chiqqandan keyin tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelmoqda.

Baxtigul QARShIYEVA,

O‘zLiDeP Samarqand viloyat

Kengashi matbuot kotibi

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    427
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+