O‘zLiDeP Farg‘ona shahridagi davlat MTM tarbiyalanuvchilariga sovg‘a-salomlar ulashdi

18.12.2018, 09:51

O‘zLiDeP Farg‘ona shahridagi davlat MTM tarbiyalanuvchilariga sovg‘a-salomlar ulashdi

O‘zLiDeP Farg‘ona shahar Kengashi hududdagi 21-sonli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasida davra suhbati tashkil etdi.

 Ta’kidlash kerak, bugun mazkur MTMda ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan o‘g‘il-qizlarimiz tarbiyalanmoqda. Ularga esa 80 nafardan ortiq pedagoglar, tarbiyachilar ta’lim-tarbiya beryapti.

 –Muassasamizda tarbiyalanayotgan bolajonlarimizning har birida alohida iqtidor bor, – deydi MTM xodimi Basoatxon G‘ulomova. – Shu bois, imkon qadar iqtidorli yoshlarni rag‘batlantirib, qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratyapmiz. Bugungi tadbir esa ularni juda xursand qildi, kayfiyatini ko‘tardi. Shu bois, bolajonlar, ularning ota-onalari nomidan partiya faollariga minnatdorchilik bildiramiz.

Tadbir yakunida 21-sonli ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilariga O‘zLiDeP viloyat Kengashining esdalik sovg‘alari topshirildi.

O‘zLiDeP Farg‘ona viloyat

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    1326
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+