O‘zLiDeP deputati: toshloqliklar qachon toza ichimlik suvi bilan ta’minlanadi?

18.12.2018, 10:05

O‘zLiDeP deputati: toshloqliklar qachon  toza ichimlik suvi bilan ta’minlanadi?

Bu haqida Xalq deputatlari Toshloq tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Unda “Obod qishloq”, “Har bir oila – tadbirkor” va “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturlari ijrosi yuzasidan Toshloq tuman hokimi Sh.Abdusalomovning xisoboti tinglandi.

Hisobotda ta’kidlanganidek, o‘tgan vaqt davomida o‘tkazilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari natijasida 3 ming 698 nafar jismoniy va yuridik shaxslarning kredit olishga ehtiyoji borligi aniqlangan. Shuningdek, “Obod qishloq” Dasturi doirasida tumandagi “Zarkent” va “Yangiyo‘l” qishloqlarida obodonlashtirish ishlari olib borilgan. Lekin shunga qaramay, ayrim sohalarda hozirgacha muammolar uchrab turibdi.

– “Obod qishloq” dasturi doirasida hududdagi “Yangi yo‘l” MFYga 3 km ichimlik suvi tarmog‘i tortilishi va 1 ta suv minorasi o‘rnatish rejalashtirilgan edi, – deydi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Ilhomjon Daminov. – Biroq 2,5 km ichimlik suvi tarmog‘i tortilgach, ish to‘xtab qolgan. Suv minorasi esa o‘rnatilmagan. Aholining bu muammolari qachon hal etiladi, odamlar qachon toza ichimlik suvi bilan ta’minlanadi?”  

Tuman rahbari Sh.Abdusalomov esa ushbu masala yuzasidan viloyat Suvoqava boshqarmasiga murojaat qilgani, lekin haligacha ijobiy natijaga erishib bo‘lmayotganini aytdi.

Sh.TOLIPOVA,

 O‘zLiDeP Farg‘ona viloyat

Kengashi matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    951
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

З.Рахмонова Қува туман Кенгаши раис ўринбосари2018-12-19 10:49:36

Ўзбекистон Республикаси Президентининг фармон ва қарорлари ижросини таъминлаш ҳар бир мансабдор шахс қолаверса юртимиздаги ҳар бир фуқарони бурчидир


Fikringizni qoldiring

+