“Jasorat”lik xotin-qizlar O‘zLiDeP tashkil etgan musobaqada g‘alaba qozondi

18.12.2018, 10:31

“Jasorat”lik xotin-qizlar  O‘zLiDeP tashkil etgan musobaqada g‘alaba qozondi

O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi partiya Baliqchi tuman Kengashi bilan hamkorlikda tuman bolalar va o‘smirlar sport maktabida “Jismoniy va ma’naviy kamolot uyg‘unligi – sog‘lom va farovon turmush garovi” mavzuida musobaqa o‘tkazdi.

 “Sog‘lom oila – mustahkam oila” loyihasi doirasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan mazkur musobaqada tumandagi “Jasorat”, “Markaz”, “Turkiston”, “Nodirabegim” mahallalari xotin-qizlari o‘zaro bellashdilar.                  

–Bugun o‘zimni yengil his qildim, – deydi musobaqa ishtirokchisi 60 yoshli Muyassarxon ona Qodirova. – Bizga ana shunday sport musobaqalari kerakligini, bu sog‘lig‘imiz uchun katta yordam berishini tushundik. Buning uchun partiya “Ayollar qanoti”ga rahmat!

 Musobaqa yakunida “Jasorat” mahallasi jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi hamda O‘zLiDePning faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Umidaxon ISAYEVA,

O‘zLiDeP Baliqchi tuman

Kengashi bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    1029
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+