O‘zLiDeP Baliqchida taekvando bo‘yicha musobaqa o‘tkazdi

18.12.2018, 17:15

O‘zLiDeP Baliqchida taekvando  bo‘yicha musobaqa o‘tkazdi

O‘zLiDeP Baliqchi tuman Kengashi Chinobod MFY qoshidagi BPTda “Yoshlar – kelajagimiz!” shiori ostida taekvando bo‘yicha musobaqa o‘tkazdi.

 Musobaqada tumandagi umumta’lim maktablari va kasb-hunar kolleji o‘quvchilari o‘zaro bellashdi.

–Musobaqa davomida 30 kilogrammgacha bo‘lgan vaznli tengdoshlarim bilan kuch sinashdim, – deydi 12 yoshli Muhammadjon Mannopjonov. – To‘g‘risi, birinchi o‘rinni egallash oson bo‘lmadi. Musobaqani tashkil etgan O‘zLiDePga rahmat!

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlarga partiya tuman Kengashining diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Mohidil TO‘XLIBOYEVA,

O‘zLiDeP Baliqchi tuman Kengashi

apparat rahbari

  • Ko'rildi
    920
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+