“Infinbank”da O‘zLiDeP quyi bo‘g‘ini tuzildi

18.12.2018, 17:43

“Infinbank”da O‘zLiDeP quyi bo‘g‘ini tuzildi

 O‘zLiDeP Toshkent shahar va Mirobod tuman Kengashi hamkorligida “ATB Infinbank”da Prezidentimizning Bosh qomusimiz qabul qilinganining 26 yilligiga bag‘ishlangan tantanadagi ma’ruzasi targ‘ibotiga bag‘ishlangan  davra suhbati tashkil etildi.

Tegishli soha vakillari, O‘zLiDeP shahar va tuman Kengashi xodimlari, partiya deputatlik guruhi a’zolari ishtirok etgan tadbirda O‘zLiDePning jamiyatda tutgan o‘rni va roli, dasturiy maqsad-vazifalari haqida ma’lumotlar berildi.

– Ma’ruzada ta’kidlanganidek, mamlakatimiz mustaqillik yillarida bosib o‘tgan g‘oyat murakkab va sharafli yo‘l Bosh qomusimizning hayoт́baxsh kuchi, ulkan salohiyatidan dalolat beradi, – deydi ATB “Infinbank” amaliyot boshqarmasi boshlig‘i O‘tkirbek Shomurodov. – Zotan, Asosiy qonunimiz negizida yaratilgan Harakatlar strategiyasi bugungi kunda jonajon Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘tarishda, innovatsion rivojlanish sari odimlashda beqiyos o‘rin tutmoqda. 

Tadbir so‘nggida 30 nafar ishchi-xodim partiya safiga qabul qilinib, ATB “Infinbank”da O‘zLiDeP quyi bo‘g‘ini tuzildi.  

O‘zLiDeP Toshkent shahar

Kengashi matbuot xizmati

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1168
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+