O‘zLiDeP deputatlik guruhining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

19.12.2018, 11:34

O‘zLiDeP deputatlik guruhining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Xorazm viloyat Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi va Xalq deputatlari viloyat Kengashining Mahalliy budjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Xorazm viloyati prokurori o‘rinbosari G‘.Abdullayevning axboroti tinglandi.

Viloyat prokuratura organlari tomonidan budjet mablag‘larining maqsadli ishlatilishi, ularning talon-toroj qilinishining oldini olish yuzasidan qat’iy nazorat o‘rnatilgan, – deydi Xorazm viloyat prokurori o‘rinbosari G‘.Abdullayev. – Xususan, viloyat prokuraturasi organlari tomonidan joriy yilning o‘tgan 11 oyida davlat mulkining saqlanishi va budjet mablag‘larining sarflanishi yuzasidan 20 ta nazorat tadbirlari o‘tkazilib, 93 nafar mas’ul shaxslar intizomiy va ma’muriy javobgarlikka tortilgan. Aniqlangan qonun buzilishi, uning kelib chiqish sabablari va bunga imkoniyat yaratib berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan joylarga 12 ta taqdimnomalar kiritildi. Qo‘pol qonun buzilishi holatlari yuzasidan 6 ta jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, 130 mln. 277 ming so‘mlik yetkazilgan zararlar ixtiyoriy qoplandi. Eng muhimi, 300 nafardan ortiq fuqaroning buzilgan huquqlari tiklandi.

Yig‘ilishda shuningdek, kun tartibidagi masalalar yuzasidan viloyat Investitsiya boshqarmasi bo‘limi boshlig‘i M.Bekmanovning ham hisoboti eshitildi. 

– Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida viloyatimizga 635,7 mln. dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jalb qilingan, – deydi M.Bekmanov. – Mazkur mablag‘lardan o‘tgan 11 oyda jami 106, mln. AQSh dollar mablag‘lar o‘zlashtirilgan bo‘lib, shundan jami to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar 24,6 mln. dollarni tashkil etdi. Shuningdek, viloyatning mavjud salohiyati, jadal rivojlantirishning asosiy omil va yo‘nalishlari, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning hozirgi holatiga ko‘ra, umumiy qiymati 3 trln. 936 mlrd. so‘m (shundan, 2,0 trln. so‘m bank krediti) investitsiya o‘zlashtirilishi hisobiga 2018-2019 yillarda 557 ta istiqbolli loyihalar amalga oshirilishi hamda 11 ming 613 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi belgilangan. 

Yig‘ilish yakunida Xalq deputatlari viloyat Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi hamda Mahalliy budjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolariga kun tartibidagi masala yuzasidan olib boriladigan ishlar ustidan ta’sirchan deputatlik nazoratini olib borish vazifasi yuklatildi.

Sh.SAFARBAYEV, 

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi raisi,

Xalq deputatlari Xorazm viloyat

Kengashidagi doimiy komissiya raisi

  • Ko'rildi
    887
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+