O’zLiDeP qoraqalpog‘istonlik tadbirkorlarga Prezident ma’ruzasi mohiyatini tushuntirdi

19.12.2018, 16:01

O’zLiDeP qoraqalpog‘istonlik tadbirkorlarga Prezident ma’ruzasi mohiyatini tushuntirdi

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi Prezidentimizning Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 26 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi “Bilimli avlod – buyuk kelajakning, tadbirkor xalq – farovon hayotning, do‘stona hamkorlik esa taraqqiyotning kafolatidir” nomli ma’ruzasi mohiyatiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etdi.

Tegishli soha vakillari, partiya Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi xodimlari, O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari, tadbirkor va ishbilarmonlar, fermerlar ishtirok etgan tadbirda Prezidentimiz ma’ruzasining ahamiyati va unda belgilab berilgan vazifalar mohiyati haqida ma’lumotlar berildi.

–Ma’ruzada xalqimiz farovonligini ta’minlash yo‘lida har bir sohada amalga oshirilayotgan islohotlar bilan birga, galdagi vazifalar ham bayon qilingan, – deydi O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi bo‘lim mudiri Q.Beknazarov. – E’tiborlisi, ma’ruzada “Har bir oila – tadbirkor” va “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi ijrosini qat’iy nazoratga olib, ijrosini to‘liq ta’minlash bo‘yicha dolzarb vazifalar belgilab berilgan. Qolaversa, iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni ham hal etish mumkinligi ta’kidlangan.

Tadbir so‘ngida bu kabi tadbirlarni joylarda o‘tkazish, ma’ruza mohiyatini keng jamoatchilikka tushuntirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab olindi.

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    1160
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+