Kattaqo‘rg‘onda deputatlik birlashmalarining vazifalari muhokama qilindi

19.12.2018, 17:32

Kattaqo‘rg‘onda deputatlik birlashmalarining  vazifalari muhokama qilindi

O‘zLiDeP Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi Prezidentimizning Bosh qomusimiz qabul qilinganining 26 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi “Bilimli avlod – buyuk kelajakning, tadbirkor xalq – farovon hayotning, do‘stona hamkorlik esa taraqqiyotning kafolatidir” nomli ma’ruzasi targ‘ibotiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazdi.

Tadbirda asosiy e’tibor mazkur ma’ruzani har tomonlama o‘rganish, partiya va deputatlik birlashmalarining ma’ruzadan kelib chiquvchi vazifalari hamda partiya tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish yo‘llariga qaratildi.

Yig‘ilishda shuningdek, 2018 yil noyabr-dekabr oylarida partiya safiga yangi a’zolarni qabul qilish bo‘yicha Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashidagi O`zLiDeP deputatlik guruhi ijrochi kotibi Z.Bashirovning hisoboti eshitildi.

– Yil oxirigacha partiya a’zolari sonini ikki barobarga oshirish belgilangan edi, – deydi Z.Bashirov. – Shu bois, barcha imkoniyatlarni ishga solib, bu masalaga alohida e’tibor qaratdik. Yana bir gap. A’zolik badallarini undirish ham asosiy vazifalarimiz sirasiga kiradi. Lekin joriy yilning o‘tgan davri mobaynida badal tushurish bo‘yicha qo‘yilgan rejani 70 foizga ham bajara olmadik. Shu sababli, bu masalaga e’tiborni yanada kuchaytirishimiz kerak.

Yig‘ilishda shuningdek, kun tartibidagi uchinchi masala yuzasidan Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi apparat rahbari N.Artiqovning ham axboroti tinglandi.

O‘zLiDeP Samarqand viloyat

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    413
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+