“Prezident ma’ruzasi qalbimizda ishonch va umid uyg‘otdi”, deyishmoqda samarqadlik maslakdoshlarimiz

19.12.2018, 17:37

“Prezident ma’ruzasi qalbimizda ishonch va umid uyg‘otdi”, deyishmoqda samarqadlik maslakdoshlarimiz

O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi Samarqand veterinariya meditsinasi institutida Prezidentimizning Bosh qomusimiz qabul qilinganining 26 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tantanali tadbirdagi ma’ruzasi targ‘ibotiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazdi.

Tadbirni O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi apparat rahbari I.Botirov kirish so‘zi bilan ochib, mazkur bayram o‘zgacha shukuh va ko‘tarinki ruhda o‘tganini e’tirof etdi.

– Har yili dekabr oyining birinchi o‘n kunligida Bosh qomusimiz qabul qilingan sana munosabati bilan tantanali bayram tadbiri tashkil etiladi, – deydi I.Botirov. – Bu yilgi bayram tadbirini ham butun xalqimiz katta hayajon bilan kuzatdi. Boisi, mazkur tantanada davlatimiz rahbari nutq so‘zlab, o‘tgan yillardagi yutuqlar, kamchiliklar bilan birga yangi yildagi istiqbolli rejalarni ham belgilab berdi. Shu sababli mazkur ma’ruza xalqimizning qalbida kelajakka umid va ishonch uyg‘otdi.

 Tadbirda shuningdek, 10 dekabr “Inson xuquqlari umumjahon Deklaratsiyasi” qabul qilinganining 70 yilligi munosabati bilan viloyatimizdagi oliy o‘quv yurtlari talaba-yoshlarining mavzuga oid ma’ruzalari tinglandi.

Baxtigul QARShIYEVA,

O‘zLiDeP Samarqand viloyat

 Kengashi matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    978
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+