O‘zLiDeP ko‘magida Rahimjon Qodirovga 21 million so‘m imtiyozli kredit ajratildi

19.12.2018, 18:08

O‘zLiDeP ko‘magida Rahimjon Qodirovga 21 million so‘m imtiyozli kredit ajratildi

Rahimjon Qodirov yelim paketlar ishlab chiqarib, oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yishni diliga tukkaniga ancha bo‘ldi. Hatto, shu maqsadda bankdan kredit olish uchun bir necha marotaba murojaat qildi. Lekin oradan ikki oy o‘tsa-da natijadan darak bo‘lmadi.

Shundan so‘ng, tadbirkor bu masalada O‘zLiDeP deputati Boburjon Qoraboyevga murojaat qildi. Deputat aralashuvidan so‘ng R.Qodirovga 21 mln. so‘m miqdorida imtiyozli kredit ajratiladigan bo‘ldi.

– Shahrimizda yana bir oila o‘z xonadonida tadbirkorligini boshlab, ish bilan band bo‘lgani bu bizning yutug‘imiz, – deydi B.Qorabayev. – Bugungi tinch farovon hayotimiz bundan-da yaxshilanishiga birgalikda, bir kuch bo‘lib harakat qilsak, vatanimiz taraqqiyoti yo‘lida xizmat qilgan bo‘lamiz.

Erkin AHMDHODJAYEV,

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi

BPT bilan ishlash guruh rahbari

  • Ko'rildi
    1041
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Rosuljon Rahmatullaev2018-12-28 14:36:57

Assalomu Aleykum bu ukamizni kelejagi porloq meni ham kup ishlarimni bitishiga uz mehnatini ayamaaydi ishlariga zafarlar tilayman.....


Fikringizni qoldiring

+