Namanganda Prezident ma’ruzasi mohiyati tushuntirildi

19.12.2018, 18:11

Namanganda Prezident ma’ruzasi mohiyati tushuntirildi

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi Prezidentimizning Bosh qomusimiz  qabul qilinganining 26 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan  tantanali marosimdagi “Bilimli  avlod   – buyuk  kelajakning, tadbirkor xalq – farovon  hayotning, do‘stona  hamkorlik esa   taraqqiyotning  kafolatidir”  nomli   ma’ruzasi  mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv-seminar o‘tkazdi.

Seminarda so‘z olganlar davlatimiz rahbari  ma’ruzasida e’tibor qaratilgan yo‘nalishlar  yuzasidan  o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

– Ma’ruzada qayd etganidek, Konstitutsiyamiz yurtimizda demokratik davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish, O‘zbekistonning halqaro maydonda munosib o‘rin egallashida mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda, – deydi O‘zLiDeP viloyat Kengashi apparat rahbari v.b. Ibrohim Sattarov. – Bu kabi seminarlar esa fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish barobarida aholida qonunlarga itoat qilish ko‘nikmasini shakllantiradi. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, fuqarolarimiz qonunlarni buzishdan ko‘ra, ularga amal qilishdan manfaatdor bo‘lishlari lozim.

Eslatib o‘tamiz, bu kabi seminarlar viloyatning barcha tumanlarida davom etmoqda.

Abdullalatif RAHMANOV,

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi

huzuridagi STM rahbari

  • Ko'rildi
    1010
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+