“Endi bildirilgan ishonchi oqlab, yurtimiz rivojiga hissa qo‘shamiz”, deyishmoqda qashqadaryolik maslakdoshlarimiz

20.12.2018, 16:14

“Endi bildirilgan ishonchi oqlab, yurtimiz rivojiga hissa qo‘shamiz”, deyishmoqda  qashqadaryolik maslakdoshlarimiz

O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi Prezidentimizning Bosh qomusimiz qabul qilinganining 26 yilligiga bag‘ishlangan tantanadagi ma’ruzasi mohiyatiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazdi.

Tadbirda so‘z olgan O‘zLiDeP deputatlik guruhi rahbari L.Yoziyev va boshqalar mazkur ma’ruza hamda Prezidentimizning Qashqadaryo viloyatiga tashrifi, viloyat faollari yig‘ilishida ko‘tarilgan masalalar haqida to‘xtalib o‘tishdi.

– Ochig‘i, davlatimiz rahbarining 13-14 dekabr kunlari viloyatimizga tashrifi chog‘ida biz tadbirkorlarga bergan taklif va tavsiyalari, zarur ko‘rsatmalari kuchimizga kuch qo‘shdi, – deydi Kitob tumanidagi “Sevaz-Androniks” MChJ rahbari A.Boyqarayev. – Ayniqsa, u kishining viloyat faollari bilan bo‘lgan yig‘ilishi chog‘ida “barcha tadbirkor bizning eng kerakli bo‘g‘inimiz, rahbarlar tadbirkorni o‘z kishing deb bil” deya aytgan so‘zlari kuchimizga-kuch, g‘ayratimizga-g‘ayrat qo‘shdi. Endi bildirilgan ishonchi oqlab, yurt rivojiga, aholi farovonligiga o‘z hissamizni qo‘shamiz.

Tadbirda ma’ruzada ta’kidlangan vazifalardan kelib chiqib, galdagi vazifalar belgilab olindi.

O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat

Kengashi matbuot  xizmati

Teglar
STM
  • Ko'rildi
    1141
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+