O‘zLiDeP deputati shumanayliklar murojaatini tingladi

20.12.2018, 16:57

O‘zLiDeP deputati  shumanayliklar murojaatini tingladi

 O‘zLiDeP Shumanay tuman Kengashi “Ketenler” ovul fuqarolar yig‘inida sayyor qabul tashkil etdi.

Qabulda O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi A.Qarlibayeva aholi tomonidan kelib tushgan murojaatlarni o‘rgandi va ularni hal etish choralarini ko‘rdi. 

– Xalq bilan doimiy muloqot qilish, odamlar dardini tinglash, ularni o‘ylantirayotgan muammolarni hal etish asosiy vazifalarimizdan sanaladi, – deydi A.Qarlibayeva. – Shu bois, vaqtimizni odamlar orasida o‘tkazish va ularning taklif-muammolarini o‘rganishga alohida e’tibor qaratyapmiz. Chunki bizni xalq saylagan, ishonch bildirgan.

Uchrashuvda so‘z olgan “Ketenler” OFYda yashovchi T.Yeshniyozov gaz trubalarini eskirgani sababli hozirda gaz ballonlardan foydalanayotganini bildirdi. Biroq gaz ballonlar sentabr oyining boshlarida “O‘zgazstandart” tuman bo‘limi tomonidan “tekshirib, qaytib olib kelamiz”, deb terib olingan. T.Yeshniyozov deputatdan ana shu muammoni hal etishda ko‘mak so‘radi. Uning murojaati deputatimiz tomonidan nazoratga olindi.

Sayyor qabul davomida kelib tushgan murojaatlarning aksariyati joyida hal etildi, qolganlari deputatlik nazoratiga olindi.

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    970
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+