Qarshilik tadbirkor ayol “Aqlli bekat” qurmoqchi

20.12.2018, 17:50

Qarshilik tadbirkor ayol “Aqlli bekat” qurmoqchi

O‘zLiDeP Qarshi shahar Kengashi “Ayollar – innovatsion rivojlanish tarafdori” loyihasi doirasida “Innovatsion texnologiyalarni rivojlantirishda ta’lim, fan va biznes tizimlari o‘zaro aloqalariga oid dolzarb masalalar” mavzuida amaliy uchrashuv tashkil etdi.

Qayd etilganidek, bugun partiya “Ayollar qanoti” xotin-qizlar bandligini ta’minlashda yangicha yondashuv yaratishni o‘z oldiga muhim vazifa etib belgilab olgan. Shuningdek, yosh iqtidorli qizlarning yangi innovatsion g‘oyalarini o‘rganish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda o‘ziga bo‘lgan ishonchini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratmoqda.

 Qarshilik Ruxshona Yo‘ldosheva “Dildora Invest Umumiy Qurilish Servis” MChJ rahbari. 2003 yildan buyon tikuvchilik bilan shug‘ullanadi. Asosan ayollar uchun mavsumiy liboslar ishlab chiqaradi. Mahsulotlar esa asosan ichki bozorda sotiladi.  

Darvoqe, tadbirkor hozirgi kunda “Aqlli bekat” nomli yangi innovatsion g‘oya ustida ishlamoqda. “Aqlli bekat” g‘oyasi shundan iboratki, “Aqlli bekat”da “Wi-Fi” zona, quyosh batareykalari bilan ishlovchi elektr chiroqlar, telefon va noutbuklarni quvvatlantirish uchun maxsus qurilmalar tashkil etiladi. Quyosh batareykalariga to‘xtaladigan bo‘lsak, ular kunduz kuni quyoshdan energiya olib, kechki payt bekatni yoritadi. Natijada esa anchagina elektr yenergiyasi tejaladi.

– “Aqlli bekat” tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad – Qashqadaryo vohasida turizmni rivojlantirishda innovatsion loyihalarga tayanish, – deydi Ruxshona Yo‘ldosheva. – Chunki yurtimizga tashrif buyurgan turistlar internet tezligi past darajada ekanidan e’tiroz bildirishgan. Agarda bizda “Aqlli bekat”lar tashkil qilinsa, ushbu muammoga yechim topiladi.

O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    4711
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Sabohat2022-02-18 09:21:34

Iltimos aqilli bekat qurush uchun qanday xujjatlar kerak boladi.


Panjiyev salohiddin2021-05-21 13:34:44

Agar shunday imkoniyat berilsa men ham qurardim


Salohiddin2021-05-21 13:33:27

Yaxshi bulardi shunaqa aqili bekatlar qurilsa men ham agar imkoniyat berilsa men ham aqili bekat quraman


Нурбе2020-08-06 14:53:28

Шундай гоялар купайсин мен хам аклли бекат курмокчиман факат кишлокдан


Fikringizni qoldiring

+