Namanganda “O‘zLiDeP – 15 yil xalq xizmatida” kitobi taqdimoti o‘tkazildi

21.12.2018, 11:30

Namanganda “O‘zLiDeP – 15 yil xalq xizmatida” kitobi taqdimoti o‘tkazildi

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi “O‘zLiDeP – 15 yil xalq xizmatida” kitobi taqdimotiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etdi.

Tadbirda so‘z olganlar o‘tgan 15 yil davomida partiya tadbirkor va ishbilarmonlar manfaatlarini himoya qilib, ularni erkin samarali faoliyat yuritishi uchun zarur sharoitlar yaratganini ta’kidlashdi.  

– O‘tgan yillar mobaynida partiyamiz yetakchi kuchga aylandi, – deydi O‘zLiDeP Namangan tuman Kengashi apparat rahbari Ilhom Qayumov.– Xususan, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda qabul qilingan sanoat va investitsiya dasturlari ijrosi deputatlarimiz tomonidan qat’iy nazoratga olindi. Natijada shu yilda tumanimizda 42 ta tadbirkorlik sub’ektlari faoliyat boshlab, 250 ga yaqin yangi ish o‘rinlari tashkil etildi.

Eslatib o‘tamiz, joylarda kitob taqdimotiga bag‘ishlangan tadbirlar davom etmoqda.

O‘zLiDeP Namangan viloyat

Kengashi matbuot xizmati

Teglar
#uzlidep15
  • Ko'rildi
    426
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+