O‘zLiDeP bank xodimlariga Prezidentimiz ma’ruzasi mohiyatini tushintirdi

21.12.2018, 11:37

O‘zLiDeP bank xodimlariga Prezidentimiz  ma’ruzasi mohiyatini tushintirdi

O‘zLiDeP Namangan shahar Kengashi “Mikrokreditbank” Namangan viloyat bo‘limi bilan hamkorlikda Prezidentimizning Bosh qomusimiz qabul qilinganining 26 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimidagi ma’ruzasi mazmun-mohiyati yuzasidan davra suhbati tashkil etdi.

Tadbirda partiya xodimlari, Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari, BPT yetakchilari va jurnalistlar ishtirok etdi.

– Ma’ruzada yurtboshimiz xalqimiz farovonligini ta’minlashning eng samarali yo‘li bu – tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash ekanini alohida ta’kidlab o‘tdilar, – deydi Namangan viloyat “Mikrokreditbank” OATB bo‘limi rahbari Tohir Hoshimov. – Xususan, bankimiz tomonidan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Har bir oila – tadbirkor” va “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturlari doirasida 1340 nafar fuqaroga 13,5 mlrd so‘m miqdorda kredit mablag‘lari ajratib berildi. Bu esa viloyatimizda 5000 dan ortiq yangi ish o‘rinlari tashkil etishga xizmat qildi.

Hudularda Prezidentimiz ma’ruzasi mazmun-mohiyatini o‘rganishga bag‘ishlangan tadbirlar davom etmoqda.

Sohiba Gaparova,

O‘zLiDeP Namangan shahar

Kengashi apparat rahbari

Teglar
STM
  • Ko'rildi
    491
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+