Qashqadaryolik deputatlarimiz mansabdor shaxslar hisobotini eshitdi

21.12.2018, 18:41

Qashqadaryolik deputatlarimiz mansabdor shaxslar hisobotini eshitdi

Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat va Qarshi shahar Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Qarshi shahar IIB boshlig‘ining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari M.Halilovning  hisoboti tinglandi.

Hisobotda ta’kidlanganidek, joriy yilning o‘tgan 11 oyi mobaynida shahardagi mavjud 62 mahalladan 4 tasida jinoyat sodir etilmadi. Shuningdek, 52 mahallada jinoyatlar sur’ati kamaydi, 1 mahallada jinoyat sur’ati barqaror saqlab qolindi. Lekin 5 mahallada jinoyat sur’ati oshdi.

–Shu bois, profilaktika inspektorlarining xizmat faoliyatini yaxshilash maqsadida xizmat uylarining yonidan sendvich paneldan 13 ta fuqarolarni qabul qilish qabulxonasi qurib berildi, – deydi M.Halilov. – Shuningdek, Qarshi shahrining chet hududlarida xizmat olib borayotgan profilaktika inspektorlari 8 ta “O‘zmobayl” uyali va 54 simli aloqa telefon apparatlari bilan ta’minlandi. Quvonarlisi, barcha profilaktika inspektorlari imtiyozli kredit asosida “Matiz” rusumli avtomashinalari bilan ta’minlandi.

Yig‘ilishda shuningdek, kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan viloyat avtoyo‘l boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari B.Jabborovning axboroti ham tinglandi.

Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan O‘zLiDeP deputatlik guruhining tegishli qarori qabul qilindi.

T.TURDIYEV,

 O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat

Kengashi matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    1055
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+