O‘zLiDeP – yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlaydi

24.12.2018, 10:10

O‘zLiDeP – yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlaydi

O‘zLiDeP Qo‘shko‘pir tuman Kengashi hududdagi Politexnika va tadbirkorlik kasb-hunar kollejida “O‘zLiDeP – yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlaydi” mavzuida davra suhbati tashkil etdi.

Tegishli soha vaqillari, partiya tuman Kengashi va tuman IIB xodimlari ishtirok etgan tadbirda yoshlarni tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishlari uchun keng sharoitlar yaratish va ularni turli zararli illat va yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilish masalalari muhokama qilindi.

–Joriy yilning dekabr oyi holatiga ko‘ra, tumanimizdan 48 nafar yosh kollejni tamomlamay xorijga chiqib ketgan, – deydi tuman IIb xodimi U.Qurbonov. –Hozir ular qanday ish bilan band, nima bilan shug‘ullanyapti bizga ma’lum emas. Shu bois, hozirda joylarga chiqib, yoshlar bilan yuzma-yuz muloqot qilyapmiz, ularni qiziqishlarini o‘rganyapmiz.Maqsad bitta, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, bandligini ta’minlash, ishbilarmonlik qobiliyatini rivojlantirish.

Tadbirda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan yoshlarga o‘z bizneslarini boshlashlari uchun zarur tavsiyalar, ko‘rsatmalar berildi.

       Ruslan RAXIMOV,

O‘zLiDeP Qo‘shko‘pir

tuman Kengashi

apparat rahbari

  • Ko'rildi
    1083
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Faxriddin 2019-01-07 19:32:07

Avto moyka


Faxriddin 2019-01-07 19:30:55

Avto moyka ochmoqchiman


Faxriddin 2019-01-07 19:30:51

Avto moyka ochmoqchiman


Fikringizni qoldiring

+