Ma’naviyat – eng ta’sirchan va qudratli qurolimiz

24.12.2018, 10:13

Ma’naviyat – eng ta’sirchan va qudratli qurolimiz

O‘zLiDeP Nurobod tuman Kengashi Xalqabod MFY qoshidagi BPTda “Ma’naviyat – eng ta’sirchan va qudratli qurolimiz” mavzuida amaliy muloqot tashkil etdi.

Tadbirda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish, ayollarni kichik biznes, oilaviy tadbirkorlik, hunarmandchilik va kasanachilikka keng jalb etish, faol fermer xotin-qizlarning tajribasini ommalashtirish masalalari muhokama qilindi.

– Jamiyatimizning mustahkamligi xalqimiz ma’naviyatiga bog‘liq, – deydi O‘zLiDeP Nurobod tuman Kengashi raisining ayollar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Barno Baratova. – Jaholatga qarshi kurashda ma’naviyat, ma’rifat qurolimiz va qalqonimiz bo‘lishi kerak. Shu bois, “ommaviy madaniyat” tahdidi kuchayib borayotgan tahlikali zamonda doimo ogoh va hushyor bo‘lib yashashimiz, aholining siyosiy, faolligini oshirish, huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan targ‘ibot ishlariga jiddiy e’tibor qaratishimiz darkor.

Tadbirda faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan yosh xotin-qizlarga mahorat darslarini tashkil qilish, ularning moliyaviy va huquqiy savodxonligini oshirishga oid amaliy tavsiyalar berildi.

S.RASULOV,

 Xalq deputatlari Nurobod tuman

Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik

 guruhi ijrochi kotibi

  • Ko'rildi
    1796
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+