O‘zLiDeP sayyor qabuli: O.Mamayusupovaga eshitish apparati olib berildi

24.12.2018, 10:35

O‘zLiDeP sayyor qabuli: O.Mamayusupovaga  eshitish apparati olib berildi

O‘zLiDeP Jomboy tuman Kengashi “No‘sh” MFYda sayyor qabul tashkil etdi.

Qabulda so‘z olgan “A.Qurbonov” MFY, “Sanoat” ko‘chasida yashovchi Maftuna Mamayusupova “So‘hmon” mahallasi hududidan suniy qoplamali mini stadion barpo etish uchun yer maydoni ajratishda ko‘mak so‘radi. Uning murojaati tuman hokimi o‘rinbosari Sh.Xudayarov, tuman bosh arxitektori I.Rashidov, tuman yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri bo‘limi boshlig‘i I.Rahimov tomonidan o‘rganilib, yaqin kunlarda ijobiy hal etiladigan bo‘ldi.

“Kattaqishloq” MFYda yashovchi Nodira Mamarasulova qizi Ozoda Mamarasulovaning qulog‘i eshitmasligini aytib, eshitish apparati olishga amaliy yordam so‘rab murojaat qildi.  Uning murojaati shu yerning o‘zida ijobiy hal etildi.

“To‘qqizboy” MFY “Yo‘g‘ontepa” qishlog‘ida yashovchi Jamshid Isoqulov esa o‘zi yashayotgan mahalla hududidan qassobxona qurmoqchi ekanini aytib, yer maydoni olishda ko‘mak so‘radi. Mazkur murojaatni ham tuman hokimligi mutasaddilari o‘z zimmalariga olib, amaliy yordam berishlarini ma’lum qilishdi.

Sayyor qabulda shuningdek, kommunal va boshqa sohalarga oid 10 dan ortiq murojaatlar kelib tushdi. Murojaatlarning aksariyati joyida hal etildi, qolganlari deputatlik nazoratiga olindi.

Baxtigul QARShIYEVA,

O‘zLiDeP Samarqand viloyat

Kengashi matbuot kotibi

Teglar
Sayyor qabul
  • Ko'rildi
    544
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+