O‘zLiDeP faoli keyingi yildan boshlab mahsulotlarini xorijga eksport qilmoqchi

24.12.2018, 17:12

O‘zLiDeP faoli keyingi yildan boshlab mahsulotlarini xorijga eksport qilmoqchi

Prezidentimiz joylarda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, bunyodkorlik ishlari, yirik loyihalar bilan tanishish maqsadida 13 dekabr kuni Qashqadaryo viloyatiga tashrifi voha ahlini ertangi kunga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamladi. 

– 2016 yilda “Muborak issiqlik elektr markazi” yonidagi tashlandiq hududdan 2 gektar yer olib, issiqxona barpo etgan edik, –deydi “Aziz Agro Trans Fayz” MChJ rahbari, O‘zLiDeP faoli Qobil G‘ulomov. – Hozirda issiqxonamizda 100 nafar ishchi-xodim mehnat qilmoqda. Joriy yilning sentabr oyida issiqxonamizda pomidor va bodring ko‘chatlarini o‘tkazdik. Keyingi yildan boshlab mahsulotlarimizni xorijga eksport qilishni rejalashtiryapmiz. Prezidentimizning korxonamizga tashrifi va faoliyatimiz rivojlantirish bo‘yicha bergan tavsiyalari bizni nihoyatda ruhlantirdi, kuchimizga-kuch, g‘ayratimizga-g‘ayrat qo‘shdi.

Tashrif chog‘ida Prezidentimiz issiqxonani yanada kengaytirish, eksport xajmini oshirish, aholini doimiy va mavsumiy ish o‘rinlari bilan ta’minlash zarurligini ta’kidladi. Aholi farovonligini oshirish uchun issiqxonalar tarmog‘ini yanada kengaytirish yuzasidan mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.

Endi berilgan topshiriqlar ijrosiga kirishib, issiqxonalarni kengaytirmoqchimiz. Besh gektar maydonda limonariy, 10 gektar cho‘l maydonida esa bog‘ yaratmoqchiman.

 O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyati Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    862
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Шахноза Муродова Боғебековна 2018-12-26 14:16:09

O‘zLiDeP фаоли Қобил Ғуломовга омадлар тилаган ҳолда ҳозирда иссиқхоналарида юз нафардан ортиқ ишчи ходимлар меҳнат қилаётган бўлса, бундан кейинги ишларида иссиқхоналари янада кенгайиб, минг нафар ишчи ўрин яратишларига тилакдошман.


Олимова Наргиза2018-12-26 12:57:29

10 гектар чўл майдони боғга айлантирладиган бўлса, тадбиркорлик жиҳатидан ҳамда экологик жиҳатдан ҳам жуда катта фойдали ишга қўл урилар экан. Фақат ният бўлиб қолиб кетмаслигини тилаб қоламан, чунки бу жуда ҳам Муборакликлар учун муҳим аҳамият касб этади.


Fikringizni qoldiring

+